Özbekiston terma jamoasi Turkiyada öquv-maşğulot yiğini doirasida Rossiya premer-ligasi vakili, Permning Amkar klubiga qarşi nazorat öyinini ötkazdi.

Uçraşuvning 20-daqiqasida özbekistonliklar jamoasi hujumçisi Igor Sergeyev hisobni oçdi.

Öyinda şu gol yagonaligini saqlab qoldi.

Samvel Babayan qöli ostidagi terma jamoasi uşbu yiğinga faqat Özbekiston çempionatida iştirok etuvçi futbolçilar bilan yöl olgan.

Terma jamoa 11 fevral kuni Armanistonning “Alaşkert” jamoasi bilan kuç sinaşadi. Mazkur yiğin FIFA kunlariga töğri kelmaganligi uçun legioner futbolçilar terma jamoaning Turkiyadagi öquv-maşğulotlariga taklif etilmadi.

Ötgan oyda Özbekiston milliy terma jamoasi ikkita örtoqlik öyinida iştirok etgandi. Amirliklarda Daniya olimpiya termasiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berilgan bölsa, Gruziya termasi bilan 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Armaniston futbol federatsiyasi ikki terma jamoalar örtasida ötkazilişi belgilangan uçraşuvni Turkiyadagi notinçliklar tufayli bekor qilgandi.

Örtoqlik öyini.
Antaliya, Turkiya.
Özbekiston MTJ - "Amkar" (Rossiya) 1:0.
Gol: Igor Sergeyev (20).

Özbekiston: Lobanov, Aşurmatov, Tuxtaxodjayev, Andreyev, Kutybayev, Axmedov, Xoşimov, Iskanderov, Şomurodov, Bikmayev, Sergeyev.
«Amkar»: Xomiç, Konde, Zanev, Zaytsev, Gigolayev, Milkoviç, Ogude, Komolov, Gol, Kostyukov, Bodul.