WhatsApp ilovasi mualliflari messenjerning barça foydalanuvçilari uçun ikki bosqiçli kiriş funksiyasini joriy qildi. Bu haqda VentureBeat yozmoqda.
Bu funksiya WhatsApp ilovasining Android, iOS va Windows Phone smartfonlariga moslaştirilgan barça dasturlarida işlaydi. Uni faollaştiriş uçun messenjer sozlaş bölimiga kirib, «Akkaunt» sahifasidagi kerakli tanlovni belgilaş kerak böladi.
Şundan söng, funksiya faollaşgaç, foydalanuvçi har safar ilovaga yangi qurilmadan kirişda 6 belgili parolni kiritişi talab etiladi. U, şuningdek, parolni tiklaş uçun email-elektron adres manzilini ham körsatişi mumkin.
Yana bir jihati, siz bu funksiyani yoqqan bölsangiz hamda ilovadan sönggi marotaba foydalanganingizga 1 haftadan oşgan bölsa, WhatsApp sizdan ikki bosqiçli parolni söraydi.
7 kundan söng, siz telefonda WhatsApp uçun yangi telefon raqamini parolsiz röyxatdan ötkazişingiz mumkin böladi. Biroq, bunda barça eski xabarlarni yöqotasiz.
WhatsApp bu imkkoniyatni 2016 noyabrida sinov tariqasida işga tuşirgan edi.












