Germaniya TIVning sobiq rahbari, sotsial-demokrat Frank-Valter Ştaynmayyer mamlakatda 12 fevral kuni ötkazilgan prezidentlik saylovida ğalaba qozondi.

Uşbu siyosatçi nomzodi uçun 931 kişi ovoz bergan. Federal yiğilişda 1260 kişidan 1239 kişining byulleteni haqiqiy deb topildi. Birinçi turdayoq saylaniş uçun 631 kişining ovozi kifoya qilardi.

Ştaynmayyer avvaldan saylovda ğolib çiqiş uçun asosiy nomzod hisoblanayotgandi. Mamlakat amaldagi prezidenti Yoaxim Gauk ötgan yilning iyunida öz nomzodini keyingi prezidentlik muddatiga qöymasligini ma'lum qilgandi, u bu qarorni yoşi bilan boğlagan. Gauk 1940 yilda tuğilgan bölib, katta ehtimol bilan lavozimida qolişi mumkin edi.