Rossiya AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning ma'muriyati bilan muloqotga kirişdi. Uning taşqi siyosat bilan şuğullanuvçi bölimlari töliq takomillaşganidan keyin muloqot intensivligi yanada oşadi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov NTV telekanaliga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.
"Biz har qanday mamlakat pozitsiyasini hurmat qilamiz va doimo barça yondaşuvlarni muhokama qilişga tayyormiz. Işonçim komilki, bizning Donald Tramp ma'muriyati bilan muloqotimiz davom etadi, ma'muriyatning taşqi siyosiy işlar bilan şuğullanuvçi bölimlari töliq şakllangaç, munosabatlar yanada intensivlaşadi", - dedi RF TIV rahbari.
Lavrovning ta'kidlaşiça, uning AQŞ davlat departamentining yangi rahbari Reks Tillerson bilan uçraşiş joyi va vaqti muvofiqlaştirilmoqda.
AQŞ kongress senati 1 fevral kuni davlat kotibi lavozimiga Reks Tillerson nomzodini tasdiqladi. 64 yoşli Tillerson bundan avval ExxonMobil energetika kompaniyasini boşqargan.












