12 fevral, yakşanba kuni Turkmanistonda prezidentlik saylovlari bölib ötmoqda - bu 1991 yil, ya'ni mamlakat mustaqillikka erişgandan keyingi törtinçi saylov. Amaldagi prezident 59 yoşli Gurbanguli Berdimuhammedov uçinçi muddatga öz nomzodini qöydi. BBC şu haqida maqola taqdim etdi.

Saylovlarda muxolifat nomzodlari yöq, muxolifatning özi bölinib ketgan, uning vakillari - mamlakatdan taşqarida.

Yana sakkiz nomzod prezidentlikka öz nomzodini qöygan. Ta'kidlaş joizki, ular keng ommaga notaniş va bunga qadar siyosat bilan şuğullanmagan.

Turkmaniston ulkan tabiiy gaz zaxiralariga ega mamlakat bölib, u Xitoyga eng yirik gaz yetkazib beruvçi hisoblanadi.

Prezidentning vakolati

Turkmaniston - prezidentlik boşqaruv şaklidagi  mamlakat, ya'ni prezident - davlat rahbari va oliy boş qömondon. Aslida esa Gurbanguli Berdimuhammedov deyarli mutloq hokimiyatga ega, parlament esa faqat texnik funksiyalarni bajaradi.

Prezident barça darajadagi davlat va hukumat amaldorlarini tayinlaydi va ularni iste'foga çiqaradi, vazirlar, oliy sudya va boş prokuror ham şular jumlasiga kiradi.

Bu saylovlar avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi?

Mazkur saylovlarda prezident ilk marta 7 yillik muddatga saylanadi (avval 5 yillik muddatga saylangan). Ötgan yilning sentabrida Berdimuhammedov mamlakat konstitutsiyasiga özgarişlar kiritdi. Unga köra, prezidentlik muddati ikki yilga uzaytirildi, şuningdek nomzodlar uçun 70 yoşgaça bölgan yoşga doir çeklov olib taşlandi.

Saylovlarda 9 nomzod iştirok etmoqda, bu birinçi şunday holatdir.

Bugungi kunda Turkmanistonda gaz narxining pastligi sabab vaziyat murakkab. Muxolifat OAV mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining yetişmovçiligi haqida xabar bermoqda, bu energiya resurslariga boy mamlakat uçun tuşunarsiz vaziyat. Hukumat şuningdek oziq-ovqat dökonlaridagi navbatlar haqida ma'lum qilayotgan jurnalistlar va internet foydalanuvçilarini xuş körmaydi.

Prezidentning raqiblari kimlar?

Turkmanistonning uç partiyasi ham öz nomzodini qöydi. Hukmron Demokratik partiya tomonidan amaldagi prezident nomzodi qöyilgan.