14:27 / 12.02.2017
38638

Video: Fokuschi ko‘rinmas stuli bilan yo‘lovchilarni hayratga soldi

Fokuschi Julian Dofin o‘zining ko‘rinmas stuli bilan ko‘chadagi yo‘lovchilarni hayratga soldi. "Segodnya" mazkur video bilan bo‘lishdi.

Dofin ko‘chada ketayotib, ma'lum bir joyda to‘xtab, "havodan yasalgan stul"ga o‘tiradi va gazeta o‘qiydi. Buni ko‘rgan guvohlar uning qanday qilib bunday o‘tirganini tushuna olmay hayron bo‘lishadi.

Illyuzionistlar bunday tryuklardan ko‘p foydalanishadi. Odatda bunday natijaga erishish uchun fokuschining bir oyog‘iga (son qismigacha) metall karkas kiydiriladi va u fokuschining poyabzalidagi maxsus o‘ymaga mustahkamlanadi. 

Mavzuga oid
Top