Yyel universiteti ma'muriyati yaqin vaqt içida Kalxun kollejini qayta nomlaşi haqida e'lon qildi. Bunga faollar va talabalarning norozilik namoyişlari sabab böldi. Öquv muassasasi AQŞ vitse-prezidenti Jon Kalxun şarafiga nomlangan, u esa quldorlik siyosatini saqlab qoliş tarafdorlaridan biri bölgan. TJ şu mavzuda maqola taqdim etdi.
Universitet prezidenti Piter Selovining sözlariga köra, qullikni tarğib qilgan siyosatçi nufuzi Yyel darajasiga töğri kelmaydi. Endilikda kollej universitetni tugallagan va dasturiy til uçun birinçi kompilyatorni yozgan amerikalik kontr-admiral Greys Hopper şarafiga nomlanadigan böldi.
Biroq ma'muriyatda universitet hududidagi yozuvlar özgarmasligi va talabalar kollejni eski nom bilan ham çaqirişlari mumkinligi qöşimça qilindi.












