Faşizm tadqiqotçisi, Yyel universiteti falsafa professori Jyeyson Stenli Amerikaning nufuzli universitetini tark etib, AQŞni köçib ketmoqda. Taniqli tarixçi Timoti Snayder va uning rafiqasi, faşizmni örganişga ixtisoslaşgan Marsi Şor ham xuddi şunday qarorni 2024 yilning noyabrida bölib ötgan AQŞ prezidentlik saylovlaridan keyin ham e’lon qildi. Ularning barçasi 2025 yil kuzidan boşlab Toronto universiteti qoşidagi Piter Munk xalqaro munosabatlar va davlat siyosati maktabida dars beradi. Stenli buni 29 mart, şanba kuni e’lon qilingan Zeit Online gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.

Jyeyson Stenlining sözlariga köra, Kolumbiya universiteti Tramp ma’muriyati talablarini bajariş uçun özining norozilik siyosati, xavfsizlik tartib-qoidalari va Yaqin Şarq tadqiqotlari bölimini qayta körib çiqişga qaror qilganidan keyin iste’foga çiqişini aytgan. Bu ta’lim muassasasidan davlat tomonidan ajratilgan 400 million dollar (369 million yevro) mablağ olib qöyilgani fonida amalga oşirildi.

«Universitetni moliyalaştirişdan mahrum qiliş uçun heç qanday qonuniy asos yöq edi. Bu masxarabozlik. Kolumbiya nima qilyapti? Ular özlaridan söralgan hamma narsani bajaryapti», dedi Stenli.

«AQŞda hamma hozir faqat bitta narsani xohlayapti: omon qoliş»

«Qöşma Ştatlarda hamma hozir faqat bir narsani xohlayapti: omon qoliş. Gazetalar, universitetlar, yuridik firmalar — hamma faqat özini öylayapti. Biz birga bölişimiz kerak. Kolumbiya hujumga uçraganda, Yyel va boşqa universitetlar birdamlik körsatişi kerak edi. Bu sodir bölmadi, - dedi u. - Hamma keyingi Kolumbiya bölişdan qörqyapti».

«Hozir biz körayotgan narsa - faşizm, deya qöşimça qildi Tramp siyosatini tanqid qiluvçi Stenli va şunday prognoz berdi: -Hukumat aralaşuvi kuçayadi va u tizimli böladi».