Özbekistonning Samarqand şahridagi Registon maydoni jahon sayyohlik xaritasida aks ettirildi. Amerikaliklar tomonidan jahon mamlakatlarining diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan xaritada Registon Özbekistonning asosiy diqqatga sazovor joyi sifatida qayd etilgan. 

Foto: Index.uz

Sayohatçilar uçun turli ma'lumotlarni taqdim etiş bilan şuğullanuvçi Amerikaning TripAdvisor kompaniyasi, öz tasnifi böyiça jahon mamlakatlarining eng diqqatga sozovor joylarining xaritasini tuzib çiqdi. Unda Özbekistonda Registon maydoni qayd etilgan. 

Özbekiston qöşnisi Afğonistonda, xarita mualliflariga köra, Boburşoh qabri eng diqqatga sazovor joydir. Hindistonda Toj Mahal, Qozoğistonda baland toğli Medeo maskani, Qirğizistonda Ola-arça örmoni, Tojikistonda Rödakiy parki, Turkmanistonda «Darvoza» gaz krateri e'tiborga molik joylar sifatida qayd etilgan.