Angliya premer-ligasining 25-turidan örin olgan uçraşuvda peşqadam «Çelsi» «Byornli» mehmoni böldi.

Premer-liga va kubok öyinlarini qöşib hisoblaganda, öz uyidagi sönggi töqqizta (!) uçraşuvda faqat ğalaba qozongan «Byornli» noyabrdan buyon ilk marta oçko yöqotdi.  

Uçraşuvning 7-daqiqasida Pedro mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. 24-daqiqaga kelib esa Robert Breydi tomonidan kiritilgan gol muvozanatni tikladi va bu öyindagi yakuniy hisob bölib qoldi. «Byornli» oçko yöqotgan bölsada, öz uyidagi mağlubiyatsiz seriyani davom ettirdi.

Eslatib ötamiz, bugungaça «Byornli» öz uyida «Mançester Siti», «Arsenal» va birinçi turda «Suonsi»ga mağlub bölgan.

Uşbu durangdan keyin «Çelsi» hisobidagi oçkolar soni 60taga yetdi. «Byornli» esa 30 oçko töplab, 13-örinda bormoqda.

Angliya premer-ligasi, 25-tur

Bernli – Çelsi 1:1 (1:1)
Gollar: Breydi (24) – Pedro (7).
Byornli: Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Barton, Vestvud, Breydi (Arfild, 65), Barns, Grey (Vouks, 82).
Çelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matiç (Fabregas, 67), Mozes (Villian, 72), Pedro (Batşuayi, 87), Kante, Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirişlar: Vestvud (69), David Luiz (75), Louton (77), Barton (88), Fabregas (89).