Özbek xalqining eng yaxşi körgan va eng köp takrorlaydigan duosi: «Iloho, xonadonlarimizni tinç va osoyişta qil, yurtimizni tinç va obod etgin». Dono xalqimizning «Qöşning tinç — sen tinç», «Bir kun uruş bölgan joydan qirq kun baraka ketadi», «Tinçliging — hurliging», «Uruş tomoşabinga oson» kabi maqollarida ham tinçlik qançalik bebaho ne'mat ekanligi aytiladi. Keksalarimizning nasihatlarida, onalar aytgan allalarda «tinç uxla», «tinçing buzilmasin», «oroming heç yöqolmasin», deb bejizga aytilmaydi.

Muqaddas Islom dini — tinçlik dini, tinçlikka tarğib etuvçi, tinçlik-xotirjamlikka buyuruvçi dindir. «Islom», «As-salom», «silm», «salom» sözlari bir özakdan olingan bölib, tinçlik-xotirjamlikni ifodalaydi. Muqaddas dinimizning nomi «Islom», şiori «Assalomu alaykum» deb hammaga tinçlik, yaxşilik tilaşdir. Islomda tinçlik inson qalbining tinçligidan boşlanadi.

Islom dini inson uçun tinçlik va omonlik dinidir. Alloh Taoloning ismlaridan biri ham «As-salom»dir. Qur'oni Karim nozil qilingan keça ham salom keçasidir. Alloh Taolo bizlarni tinçlikka buyurib:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً وَلا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ (٢٠٨)

«Ey iymon keltirganlar! Yoppasiga tinçlik işiga kirişingiz va şaytonning izidan ergaşmangiz! Albatta, u sizlarga aniq duşmandir», — deb marhamat qiladi. (Baqara surasi 208)

Ya'ni, butun vujudingiz bilan tinçlik işiga kirişingiz, Islom közlagan tinçlik butun dunyo tinçligiga qaratilgan.

Islomda tinçlik butun borliqqa qaratilgan bölib, u bilan butun dunyo tinçligiga erişiladi. Unda barça qalblar tinç-xotirjam, oilalar tinç, qöni-qöşnilar tinç, qarindoş-uruğlar tinç, jamiyatlar tinç, hayvonot olami, nabotot va qöyingki, butun dunyo tinç böladi.

Afsuski, Allohning buyuk ne'mati tinçlikdan hamma ham barobar bahramand emas, çunki dunyoning turli mintaqalarida terrorçilar tomonidan nohaq qon tökişlar sodir etilmoqda, şaharlar vayronaga aylanmoqda, begunoh insonlar jabr körib bolalar yetim qolmoqda, ayollar köçada qolib, qariyalar qattiq qiynalmoqda. Bunday noxuş voqealar qabih niyatli buzğunçi, fitnaçi guruhlar tomonidan amalga oşirilişi biz mömin-musulmonlarning ham qalbimizni qattiq larzaga soladi. Uruş tufayli insonlar örtasida mehr-oqibat, odamgarçilik unutiladi, boşlangan xayrli işlar, uluğ maqsadlar qolib ketadi. Barçaning hayotidan huzur-xalovat, turmuşidan orom-faroğat kötarilib ketadi.