OPeK taşkilotga kirmaydigan davlatlardan neft qazib oliş hajmini amaldagi kelişuvlar asosida faolroq qisqartirib borişni söraydi. Bu haqda Kuvayt neft vaziri Essam al-Marzuq ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, OPeK mamlakatlari ayni damda qazib oliş hajmini 92 foizga kamaytiriş böyiça kelişuvga amal qilayotgan bölsa, taşkilotga kirmaydigan davlatlarda bu körsatkiç – 50 foizdan köproqni taşkil etadi.
"Neft narxlari hozirda yaxşi darajada hamda kelişuvga amal qiliş hajmi oşsa, yanada qimmatlaşadi. Bitim OPeK va taşkilotga kirmaydigan davlatlar tomonidan dekabrda imzolangandi", - deya Kuvayt neft vazirining sözlarini keltiradi Blumberg agentligi. Al-Marzuqning ta'kidlaşiça, Kuvayt qazib oliş hajmini kamaytiriş böyiça kelişuvning unda iştirok etayotgan davlatlar tomonidan 100 foizga bajarilişini istamoqda.
OPeK 30-noyabr kuni qazib oliş hajmini bir kunga 1,2 million barrelga – 32,5 million barrelgaça kamaytiriş haqida kelişuvga erişdi. Taşkilotga kirmaydigan mamlakatlar 10-dekabr kuni özlarining qazib oliş hajmlarini umumiy hisobda sutkasiga 558 ming barrelga qisqartiriş haqidagi bitimga erişdilar.
Xalqaro energetik agentlik juma kuni OPeK yanvarda özining neft qazib oliş hajmini kuniga 1 million barrelga – umuman esa sutkasiga 32,06 million barrelga qadar qisqartirganini ma'lum qildi. Agentlikning ta'kidlaşiça, kelişuv kuçga kirganining bir oyi davomida uning 90 foizi bajarilgan.












