Şu kunlarda Toşkent şahrida juda ham jiddiy qoidabuzarlik kuzatildi - «Mercedes» avtomobili egasi yöl harakati qoidalariga umuman rioya qilmasdan, qarama-qarşi yölga çiqib ketib harakatlandi.

Bu haqda Komil Karimov ismli fuqaro Facebook’dagi sahifasida izoh qoldirdi hamda hodisa joyidan olingan fotosuratni ilova qilgan.

«Bunyodkor köçasi böylab harakatlanib ketayotgandim. “Novza” metrosi çorrahasiga yetmasdan maşinani öng tomonroq joyga ötkazdim hamda oldimdan şunday “mö'jiza” çiqib keldi. Men avtomobilni zörğa töxtatişga muvaffaq böldim. Uni aylanib ötmasdan, atayin töxtadim va “avariyka” maxsus çiroq belgilarni yoqib qöydim. Şu bilan bir qatorda, “Mersedes”dagi şaxs ham menga yöl böşatişga majbur emasdek joyida töxtab qoldi. Avvaliga men telefonni olib, uni suratga tuşira boşladim. Keyinroq esa 102’ga qönğiroq qilib, yuz bergan hodisa haqida aytib berdim. Telefon orqali suhbat qurayotganimda qoidabuzar haydovçi orqaroqqa harakat qilib, meni ötkazib yubordi, keyin esa qarama-qarşi yöl böylab ketaverdi. U nimalar haqida öylagan? «Mersedes»da bölgani uçun özini boşqa insonlardan yuqori qöyişi va qonun hamda davlatga qarşi borişi haqidami? Yoki sabab boşqa narsadami? Oçiği, men tuşunmadim», - deb yozgan Komil Karimov.

Eslatib ötamiz, «Toşşahartransxizmat» kompaniyasi 10 fevral kuni Toşkent şahrida Muqimiy va Bunyodkor köçalari çorrahasi 11−23 fevral kunlari hududda yöl ötkazgiç qurilayotgani munosabati bilan transport vositalari harakatlanişi uçun yopilişi haqida ma'lum qilgandi. Haydovçilardan esa körsatilgan muddatda şaharning boşqa köçalaridan foydalaniş iltimos qilingan.