AQŞning Massaçusets ştatida joylaşgan Tafts universiteti olimi Mayk Tsimmerman yetkazilgan mexanik zararlardan yonib ketmaydigan batareyani loyihalaştirdi.
Maykning yangi akkumulyatori zarbalar, korpusning qizib ketişi va zarar yetişidan qörqmaydi, uni hattoki qayçi bilan maydalab köriş ham mumkin - u bu vaqtda yonib ketmaydi hamda işlaşda davom etadi.

“Xavfsiz” batareyada odatiy elektrolit va separatorning örniga maxsus plastik polimer işlatiladi va u akkumulyatorga yonib ketişga imkonini bermaydi. Maykning ta'kidlaşiça, quvvatning yangi manbasini işlab çiqiş – litiy-ionli akkumulyatorlarni çiqarişga qaraganda ança arzonroq texnologik jarayon hisoblanadi.
Biroq uşbu işlanma barqarorlik va işlaş böyiça uzoq muddatli jarayondan ötişi lozim. Şuningdek, bunday texnologiyaning yuqori siğimli akkumulyatorlarda qanday işlaşi ham söroq ostida. Hozirça namuna kiçik plastina körinişida, xolos.












