«Yuventus» futbol klubi Italiya çempionatining 24-turi doirasida «Kalyari» jamoasi ustidan ğalaba qozondi. Kalyaridagi «San-Eliya» stadionida keçgan bahs 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal böldi.
Turinliklar jamoasi safida argentinalik hujumçi Gonsalo Higuain dubl qayd etdi. «Kalyari» yarim himoyaçi Nikolo Barellaning ikkinçi bölim örtalarida çetlaştirilişi tufayli öyinni ön kişi bölib yakunladi.
«Yuventus» 60 oçko bilan A seriya turnir jadvalining birinçi örnida bormoqda. «Kalyari» esa (27 oçko) 15-poğonada.
Kalyari – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 37 Higuain, 0:2 – 47 Higuain.
Ogohlantirişlar: Lixtştayner (12), Kellini (14), Barella (27), Markizio (43), Kuadrado (57), Isla (78), Di Jyennaro (85), Manjukiç (90).
Çetlatiş: Barella (67).











