Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada Hitlerga o‘xshash bo‘lgan yigit hibsga olindi
Adolf Hitler tug‘ilgan shahar Braunau-am-Innda politsiya unga juda ham o‘xshab ketuvchi shaxsni hibsga oldi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
Avstriyaning 25 yoshli fuqarosi o‘z xonadonida qo‘lga olingan hamda bu jarayonda qarshilik ko‘rsatmagan.
U natsistlar mafkurasini sharaflagani uchun hibsga olindi.

Avvalroq Hitlerga o‘xshash bo‘lgan shaxsni kitoblar do‘konida - Ikkinchi jahon urushi haqidagi jurnalni o‘qib o‘tirganini ko‘rishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek mahalliy aholi vakillari yigitni Adolf Hitler tug‘ilgan uy yonida ko‘p bora uchratishgan va u o‘zini Xarald Hitler deb tanishtirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026