“Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar şunday javob beradi: "Vaqt - göyo hayot kiyimi töqiladigan iplar bölib, uning pişiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho böladi".
Agar iplar sifatsiz va tözigan bölsa hayot ham tuban, mazmunsiz keçadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u ötib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qançalik köp bölsa ham ozdir. Barakali bölsa, köp. Şu bois ham inson öz hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxşi amallar qilişga sarflaşi vojibdir.
Islom ta'limoti yalqovlik, loqaydlik, kabi illatlardan uzoqda bölişimizga amr qiladi va har kuni erta turişga, xayrli amallarni qilişga hamda yoşlik, sihat-salomatlik, böş vaqtni ğanimat bilişga çorlaydi.
Uluğ ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali iş qilişga, gözal ahloqiy va ilmiy darajalarga yetişiş yölida sarflaşga urinar edilar. Şuning uçun ham ularning bugunlari keçagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a'lo bölardi. Ular: “Vaqt qiliçdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, - degan hikmatli sözga amal qilişgan.
Ötayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmoğimiz lozim. Zero, keça va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoşlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda şunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”.
Ha, vaqt göyo uluğ omaddir. Farzandlarimizniing ta'lim-tarbiyasiga e'tiborimizni kuçaytirib, ta'lim dargohlarida olayotgan bilimini tekşirib turiş lozim. Farzandlar maktab, kollej va oliy öquv yurtlariga borib kelay deganda ota-onasi kelajagi mevasi bölmiş jigarbandini oldidan duo qilib kuzatadi. Ayrim farzandlar inson hayotidagi vaqtini ğanimat bilmasdan bilim oliş örniga turli xil internet klublarga borib vaqtini isrof qilib bormoqda.
Muhtaram yurtboşimiz ham bugungi kun yoşlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta'kidlab ötdilar. Jamiyatimizdagi barça insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bölmasinlar, kelajagimiz bölgan yoşlarimizni oltindan qimmat bölgan ne'matdan unumli foydalanişlari lozimligini tuşuntirmoqligimiz kerak. Yoşi uluğlarimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiyasiga beparvo bölmasliklari, vaqtlarini töğri sarflaşga örgatişlari kerak. Çunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana şunday salohiyatli farzandlar qölidadir.












