KXDR rahbari Kim Çen Inning akasi Kim Çon Nam Malayziyada suiqasd qurboni bölgan. Bu haqda Janubiy Koreyadagi Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotiga köra, Kim Çon Namga Kuala-Lumpur şahri aeroportida zaharli igna bilan qurollangan ikki ayol hujum qilgan.

Agentlik politsiyaga asoslanib xabar berişiça, şimoliy koreyaliklar yetakçisining akasi Kuala-Lumpurda KXDR maxsus xizmatlari vakillari tomonidan yöq qilingan, ya'ni uşbu qotillik ortida KXDR hukumati turibdi. Qotillikni sodir etganlar voqea joyidan yaşirinişgan.

Malayziya politsiyasi Reuters agentligiga aeroportdan şifoxonaga ketişda bir kişi jon berganini tasdiqlagan. Xavfsizlik xizmati xodimlari hozirça marhumning şaxsini tasdiqlaşmagan.

«Vikipediya» ma'lumotiga köra, 1971 yilning 10 mayida tuğilgan Kim Çon Nam KXDRning avvalgi rahbari Kim Çen Irning nikohsiz tuğilgan katta öğli edi. Uning onasi aktrisa Son Xe Rim. U davlat rahbari merosxöri sifatida qaralmagan, ammo u ma'lum vaqt hukumatda yuqori lavozimni egallab turgan. 2001 yilda u Yaponiyaga Dominikanning soxta pasporti orqali kirişga harakat qilganida qölga olingan va bundan ikki davlat munosabatlarida taranglik yuzaga kelgan, oqibatda u otasining ğazabiga uçragan. 2011 yilda Kim Çen Irning vafotidan keyin, yangi hukumat Kim Çon Namning amakisini qatl qildi, şundan söng u mamlakatdan çiqib ketgan va vatanga qaytib kelmagan.

2014 yilda uni Kuala-Lumpurdagi restoranlardan birida körib qolişgandi.