AQŞ maxfiy xizmat rahbari Jozef Klensi 4 mart kuni öz lavozimini tark etadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga asoslangan holda AVS telekanali xabar tarqatdi.

AQŞning yuqori martabali şaxslari xavfsizligini ta'minlaş bilan şuğullanadigan xizmat rahbarligiga Klensi 2015 yilda tayinlangandi. 

Oxirgi yillarda Maxfiy xizmat Oq uy hududiga bir neça marta begonalar bostirib kirişga urinişi tufayli köp marta tanqid qilindi. Şuningdek agentlar xulqi bilan boğliq mojarolar röy berdi.

Klensidan avvalgi rahbar Juliya Pirson mamlakat fuqarosi Omar Gonsales piçoq bilan qurollangan holda Oq uy zaliga kirişga bir neça marta uringani bilan boğliq mojarodan keyin işdan ketgandi.

AQŞ Maxfiy xizmati haqida köpçilikka noma'lum 5 fakt