Turkiyaning Antaliya şahrida turk fuqarosi Rossiya fuqarosi bölgan özining rafiqasi va ikki farzandini öldirdi. Bu haqda Rossiyaning Antaliyadagi boş konsulligi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz OAVning Rossiya fuqarosi va uning ikki farzandi – bir qiz va öğil bolaning öldirilgani haqidagi xabarini tasdiqlaymiz. Qotil öz joniga qasd qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, jinoyat maişiy sabab yuz bergan", deb aytilgan boş konsullik xabarida.
Mahalliy OAV xabarlariga köra, Turkiya fuqarosi Muammar Gun özining öğli Viktor va qizi Layloni şirinlikka pestitsid moddasi qöşib, zaharlab, söngra Anna ismli rafiqasini miltiqdan otib öldirgan.
Söngra qotil politsiyaga qönğiroq qilib, bölgan voqea haqida xabar bergan va özini ham öldirgan.
Voqea tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.

















