Eng yirik aloqa operatori Beeline Bagam orollari roumingida internet-muloqotning imkoniyatlari kengaygani haqida xabar qildi. Ma'lumotlarga köra, BTC kompaniyasi bilan hamkorlik şartnomasi imzolangan.
Eslatib ötamiz, Beeline 2010 yildan boşlab Özbekistondagi yetakçi rouming-operator bölib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 185 mamlakatida 489 ta horijiy operator bilan işonçli hamkorlik aloqalarini yölga qöygan. Beeline abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 372 mahalliy uyali aloqa kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 161 davlatida foydalanişlari mumkin. CAMEL-rouming xizmati kompaniya mijozlariga 103 ta mamlakatda 231 operator tomonidan taqdim etiladi.
Beeline brendi Özbekiston hududida MÇJ Unitel‘ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda taşkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boşlangan. Hozirgi kunda kompaniya Özbekiston GSM -operatorlari qatorida yetakçi örinni egallab kelmoqda. 2015 yil natijalari böyiça kompaniya abonentlarining soni 9,9 million kişini taşkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boşlab “Unitel” MÇJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmat körsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi Özbekistonda birinçi bölib, 3G tarmoği işga tuşirilişi töğrisida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline Özbekistonda ilk bor 4G LTE tarmoğini işga tuşirdi.
Buzton Qöşma korxonasi 1995 yilda Toşkent şahrida taşkil etilgan. Birinçi bosqiçda kompaniyaning asosiy faoliyat yönalişi bölib xalqaro, şaharlararo va mahalliy raqamli telefon aloqasini taqdim etiş hisoblanar edi. 2000 yildan boşlab kompaniya telekommunikatsiyalar bozorida öz faoliyat doirasini kengaytirdi va Internetga kiriş hamda ma'lumotlar uzatiş böyiça xizmatlar taqdim etişni boşladi. Hozirgi kunda Buzton QK integratsiyalangan aloqa xizmatlari operatori sifatida faoliyat körsatmoqda, ya'ni mijozlarga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari butun majmuasini: telefoniya, ma'lumotlar uzatiş va Internetga kiriş xizmatlarini taqdim etmoqda. 2008 yilda Buzton QK MÇJ VimpelCom Kompaniyalar guruhi tarkibiga kirdi.











