«Afişa Qozon» Instagram-sahifasida Rossiya davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov yonidan ötib ketişayotgan paytda özini uxlaganga solib olgan bolaning fotosurati taqdim etildi. 

Foydalanuvçilarning aksariyati tasvirlarga qoldirgan izohlarida bolaning soğliği uçun taşvişda ekanliklarini bildirişgan hamda prezidentni qöriqlaş xizmati qanday qilib uni delegatsiyaga şu qadar yaqin masofaga kelişiga yöl qöyganidan hayronliklarini bildirgan.

«Inkazan» yangiliklar xizmatining YouTube-kanalida bola prezident hamda boşqa siyosatçilarning yonida qorda yotgani tasvirlangan video taqdim etildi.

Ma'lumot uçun, Rossiya davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin 13 fevral kuni Tatariston poytaxtiga işçi taşrifi bilan keldi.