Xitoy futbolidagi yetakçi jamoalardan biri, oxirgi 6 mavsumda ketma-ket çempion bölib kelayotgan «Guançjou Evergrand» kelgusida barça xorijlik futbolçilaridan voz keçib, mahalliy futbolçilari bilan turnirlarda iştirok etişni reja qilgan. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga köra, ayni vaqtda braziliyalik mutaxassis Luis Felipe Skolari boşqaruvida bölgan bu klub 2020 yilgaça legionerlarsiz jamoani taşkil qiliş rejasini işlab çiqqan. Şu orqali «Guançjou Evergrand» Xitoy futbolini rivojlantirmoqçi.
Hozirda jamoada 6 nafar xorijlik futbolçi bor — braziliyalik yarim himoyaçi Paulino, kolumbiyalik hujumçi Jyekson Martines, braziliyalik hujumçilar Alan va Rikardo Gulart, şuningdek janubiy koreyalik ikki himoyaçi.
Xitoy çempionatida legionerlarga bölgan çeklov tufayli maydonga faqat 3 nafar legionerni tuşiriş mumkin böladi.

















