Mavsumlar oraliğida Özbekiston milliy jamoasiga nomzod bir qança futbolçilar xorij klubi safiga ötib, legionerga aylanişdi. ÖFA sayti ular haqida ma'lumot berdi.

Ikrom Aliboyev - «Lokomotiv» - «Seul» (Janubiy Koreya)


Ikrom Aliboyev Toşkentning «Lokomotiv» klubida ajoyib mavsum ötkazdi. Uning Osiyo çempionlar ligasida BAAning «Al-Vahda» jamoasiga maydon markazidan urgan goli turning eng çiroyli goli sifatida e'tirof etildi. Keyin Aliboyev yozda Özbekiston olimpiya terma jamoasi safida ham özini körsata oldi. U musobaqaning çorak finalida Janubiy Koreyaga qarşi öyinda dublga erişdi. Aynan mana şu öyindagi harakatlari Koreyaning «Seul» klubi rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan şekilli, ular Aliboyevga şartnoma taklif qilişdi. Natijada u ötgan yilning 13 dekabr kuni «Seul» jamoasi a'zosiga aylandi. «K-liga» musobaqasiga mart oyida start beriladi. Ikrom Aliboyev jamoasi 3 mart kuni «Poxang Stilers» jamoasiga qarşi öyin bilan mavsumni boşlaydi. 

Doston Tursunov - «Neftçi» - «Renofa Yamaguçi» (Yaponiya)


Ötgan yili Xitoyda bölib ötgan Osiyo çempionati musobaqasida Özbekiston U-23 jamoasining çempionlikka erişişiga katta hissa qöşgan futbolçilardan biri, Farğonaning «Neftçi» klubi sardori Doston Tursunov ötgan yil 17 dekabr kuni Yaponiyaning «Renofa Yamaguçi» klubi bilan ikki yillik şartnoma imzoladi. «Renofa Yamaguçi» Yaponiya ikkinçi divizioni vakili hisoblanadi, u ötgan mavsumda 22ta jamoa orasidan 8-örinni egallagan. Yaponiyaning «J2» ligasida yangi mavsum 24 fevralda boşlanadi. Şu kuni «Renofa Yamaguçi» jamoasi «Kaşiva Reysol» jamoasiga qarşi bahs olib boradi. 

Sardor Raşidov - «Lokomotiv» - «Nasonal» (Portugaliya)


Özbekiston milliy jamoasi a'zosi, «Lokomotiv» klubi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov endi Portugaliyaning «Nasonal» jamoasi şarafini himoya qiladi. Unga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bölganiga qaramay, Yevropa klubida öynaşga qaror qildi. «Nasonal» klubi şu yilning 16 yanvar kuni Sardor Raşidov bilan 2,5 yillik şartnoma imzolaganini e'lon qildi. U «Nasonal»da 77-raqamda harakat qiladi. Ayni paytda Portugaliyada 20-tur nihoyasiga yetdi. «Nasonal» klubi «Vitoriya Setubal»ga qarşi maydonga tuşib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Raşidov jamoasi 21-turda «Benfika»ga qarşi bahs olib boradi. Hamyurtimiz aynan mana şu öyinda debyut öyinini ötkazişi kutilmoqda.