10:53 / 15.02.2017
14127

Italiyalik mashhur futbolchi: Hozir xotinim faqat uyga pul olib kelishimni so‘ramoqda

34 yoshli italiyalik hujumchi, yaqinda «Sampdoriya» bilan shartnomasi bekor qilingan, hozirda yangi klub izlash bilan band bo‘lgan Antonio Kassano futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida ham o‘ylayotganini ma'lum qildi.

«Ish bilan muammolar borligiga qaramasdan men A Seriyadagi faoliyatimni davom ettirishim ham mumkin. Men shuni istayman. Ammo menga jamoalardan takliflar bo‘lmasa, uyda o‘tiraman. Ko‘p ehtimolki, yozda futbolchilik faoliyatimni yakunlayman va xotinimning menejyeriga aylanaman. U hozirda mendan faqat uyga pul topib keltirishni so‘ramoqda.

Agar hech bir jamoa meni tarkibga qo‘shib olish haqida o‘ylamasa, boshqa nima ham qilaman? Men Xitoyga, Gretsiyaga yoki dunyoning boshqa chekkalariga ketishni istamayman. Men Italiyada bo‘lishni istayman, ammo menga Italiyadan takliflar yo‘q», — degan Kassano Striscia La Notizia telekanali efirida.

Ushbu futbolchi o‘z vaqtida «Roma», «Real», «Milan», «Inter» kabi jamoalarda yulduzlik davrlarini o‘tkazgan, Italiya terma jamoasi safida 2003 yildan 2014 yilgacha 39 uchrashuv o‘tkazib, 10ta gol urgan.

Kassano agar yangi jamoa topmasa nima ish qilmoqchi ekanini aytib hammani ajablantirdi

Mavzuga oid
Top