O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi dastlabki daqiqalardan jamoasi safida ancha faol harakat qildi. Shunga qaramay, o‘yindagi hisob mezbonlar futbolchisi Verre tomonidan ochildi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirgan «Jyenoa» 60-daqiqada Eldor Shomurodovning ajoyib harakati evaziga o‘yinda burilish yasay oldi. Katta tezlikda hujumga o‘tgan o‘zbekistonlik forvard ikki himoyachini ortda qoldirib, deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va to‘pni bo‘sh darvoza qarshisida turgan sherigi Skamakkaga oshirib, golli uzatmaga mualliflik qildi – 1:1.
Goldan ruhlangan mehmonlar keyingi 10 daqiqalikda yana ikkita gol kiritishdi – 68-daqiqada Lerager, 72-daqiqada esa Skamakka dublga erishib, «Jyenoa» «Genuya derbisi»da kambekni amalga oshirgan holda keyingi bosqichga yo‘llanma oldi – 1:3.
Shu kuni «Jyenoa» tarkibidagi hozircha eng yaxshi o‘yinni o‘tkazib, golli assist muallifiga aylangan Eldor Shomurodov 85-daqiqada maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Marko Pyatssa maydonga tushdi.
Italiya kubogi. 1/16 final
Sampdoriya – Jyenoa 1:3
Gollar: 1:0 – 18 Verre, 1:1 – 60 Skamakka, 1:2 – 68 Lerager, 1:3 – 72 Skamakka.
Sampdoriya – Audero, Tonelli (Kandreva, 87), Audjyello, Bereshinski, Yosida, Adriyen Silva (Ekdal, 78), Torsbyu, Yankto, Verre, la Gumina (Gabbyadini, 87), Leris (Damsgor, 77).
Jyenoa – Marketti, Bani (Masello, 79), Gilone, Goldaniga, Pellegrini, Rovella (Melegoni, 46), Sturaro (Lerager, 65), Zayts (Badel, 46), Sapata, Shomurodov (Pyatsa, 85), Skamakka.

















