Kayf ustida janjallaşdi, haqoratiga yaraşa haqorat qildi, bas, özini qölga olib, uyiga borib yotsa bölmasmidi?.. Balki, heç kim yöqligida, örtoğining ukasi Jörabek (ism-familiyalar özgartirilgan) bilan yakkama-yakka san-manga borganida, şundoq qilarmidi. Yetti yaşar öğli, şirakayf jiyanlarining oldida obro‘-e'tibori bir pul bölganday tuyulgani tufayli qasdini olmoqçi, yaramasning burnini yerga işqab qöymoqçi bölib, telefonda ukasini çaqirib oldi-yu...
Endi ukasi yöq. Endi uni qaytarib bölmaydi. Keyingi puşaymon, özingga duşman. Qambarali uning örnida men bölişim kerak edi, deya özini qançalik nimtalamasin, endi befoyda. Ukasining qotili panjara ortida ötiribdi. Özi esa sudda guvohlik beryapti. Nima desin? Janjal nimadan çiqdi özi?
Jiyani Nodirning tuğilgan kuni edi. Qambaralining uyida nişonlaşdi. Nodir örtoği Javlonni esladi. “Negadir kelmadi, tobi qoçdimikan”, dedi. “Yuringlar, borib hol-ahvol söraymiz”.
Qambarali öğlini yetaklab oldi. Yöl-yölakay, dökondan pivo xarid qilişdi. Keçqurun soat töqqizlar edi. Javlon uyida ekan. Beş-olti nafar mehmonga dasturxon tuzadi. Davraga ukasi Jörabek qöşildi. U Qambaralini xuş körmasdi. Oralarida gap qoçgan, yuz körmas bölişgaça borişgan edi. Ötirişda gina-kudurat unutilganday tuyuldi.
Içimlik oxirladi. Qambarali Jörabekka yana pivo topib kelişni aytgan edi, u toşingni ter, deganday, javob qaytardi. Keyin bir-birlarini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilişdi. Qambarali çinni kosani muşti bilan urib sindirdi. Kaftining osti tilindi. “Ketdik”, dedi jiyanlariga. Çiqib ketayotganlarida Jörabek tağin böralab sökindi. Yöl-yölakay uning haqoratlari quloği ostida bot-bot yangrab, battar ğazab otiga mindirdi. “Hali şoşmay tur!”
Uning adabini berib, esini kiritib qöymoqçi böldi. Lekin Jörabek yolğiz emas, aka-ukalarga bas kela olişi dargumon. Agar jiyanlari, ukasi Qodirali yonida bölsa, birgalaşib popugini pasaytirib qöyişadi. Jiyani Rizobekning uyiga kirdi. Ukasiga telefon qildi.
- Nima böldi, aka? – deb söradi bir zumda yetib kelgan Qodirali.
- Jörabekni ta'zirini berib qöyiş kerak. Özidan ketib qolyapti.
Ukasi tun yarmi, soat ön birlarda Jörabek akasi Javlon bilan turadigan Qöqon şahrining Mirişkor köçasidagi hovliga qaytib borişdi. Jiyanlari darvozaxonadan ön beş qadamça berida qolişdi. Qambarali deraza tagiga borib, çaqirdi. Jörabek derazadan qaradi. “Avzoyi buzuq”, deya piçoq va gaz ballonça bilan qurollanib, köçaga çiqdi.












