Tayvanlik qiz Tszya Tszya Uning bobosi 8 fevralda 78 yoşida hayotdan köz yumdi. Boboning xotirasiga Tszya Tszya va uning singlisi fotoalbom qilişmoqçi bölişdi, biroq ularda bobolarining suratlari unça ham köp emasligini anglaşdi. Şunda qizlar bobolarini Google Street View xaritalaridan qidirib topişga qaror qilişdi va özlariga qadrdon bobolarini xaritalarda topişganda közlarini yoşdan tiya olmadilar, deb xabar bermoqda Buzzfeed saytiga iqtibos keltirgan holda nur.kz naşri.

"Men bobomni körganimda yiğidan töxtay olmadim. Men u bilan bir neça kungina avval gaplaşib yurganimni va hozirda barçasi haqiqat emasdek tuyulişini öylaşdan töxtamasdim", deb aytmoqda Tszya Tszya.

Qizlar Google’da bobolari har kuni uyga qaytadigan yönalişni kiritdilar. Şunda ularga bobolarining tovuq va ördaklar uçun yegulik solingan qutilarni aravadan tuşirayotgani surati çiqib keldi.
"Men köz yoşlarimni tiya olmayapman", deb aytgan qiz.
Tszya Tszyaning aytişiça, unda bobosi bilan birga tuşgan surati qolmagan va u turmuşga çiqib, boşqa şaharga köçib ketgani sababli bobosi bilan onda-sonda uçraşib turardi.
Qiz bobosi öz kunlarini tomorqaga qarab hamda boşpanasiz itlarni boqib ötkazganini esladi. Qizning aytişiça, uning bobosi skuterda uçişni yaxşi körgan.

"Mening bobom meni juda yaxşi körardi va men qizimni xuddi şunday yaxşi köraman", deb aytgan qiz.
Qiz bu voqea bilan Facebook’da bölişdi. Şunda köpçilik foydalanuvçilar uşbu xaritalar yordamida ular ham özlarining marhum ota-onalari va yaqinlarini topişganini eslaşgan. Ba'zilar esa öz yaqinlarini topa olmaganlari va ularni soğinişlarini nadomat bilan aytişgan.












