PSA Peugeot Citroen guruhi va Amerikaning General Motors konserni Opel kompaniyasining fransuz işlab çiqaruvçisiga qöşilişiga doir muzokaralar olib bormoqda. Reuters agentligi şu haqida xabar berdi. 

Naşrning PSA Peugeot Citroen guruhidagi manbasi kompaniyada hamkorlikning çuqurlaşuvi muhokama qilinayotganini ta'kidlab, muzokaralarni tasdiqladi. Bitim haqida yaqin kunlarda rasman e'lon qilinişi taxmin qilinmoqda. 

2012 yilning martida General Motors konserni va PSA Peugeot Citroen guruhi hamkorlik haqidagi bitimni imzolaşdi. Avto işlab çiqaruvçilarning rejalari Yevropa bozoridagi pozitsiyani yaxşilaş uçun guruh va konsernning hamkorlikdagi faoliyatini közda tugandi. Gap Peugeot, Citroen va Opel rusumlari uçun hamkorlikdagi modellarni işlab çiqiş haqida borgan.

Kompaniyalarning hamkorlikdagi modellaridan biri - Crossland X krossoveri. U Opel avtomobillar qatorida Meriva minveni örnini egalladi. Avtomobil PSA Peugeot Citroen platformasida qurilgan. Keyingi avlod Peugeot 2008 va Citroen C3 Picasso ham şu şassiga asoslanadi. 

Bu General Motors konserni Opel sotuvini körib çiqayotgan birinçi holat emas. 2009 yilda «Magna-Sberbank» konsorsiumi nemis avto işlab çiqaruvçisini xarid qilmoqçi bölgan, biroq oxir-oqibat GM aktivni sotmaslikka qaror qilgan.