AQŞning Texas ştatidagi Hyuston şahriga seşanba kuni birdaniga oltita tornado yopirildi, jabrlanganlar bor, deb xabar berdi “Assoşieyted Press” agentligi.

Uning ma'lumotiga köra, Hyustondan 113 kilometr narida kamida olti kişi noqulay ob-havodan jabrlangan. Taxminiy ma'lumotlarga köra, törtta uy vayron bölgan va yana bir neçtasiga jiddiy zarar yetgan. Bundan taşqari, 7 nafar inson kasalxonaga yetkazildi, ularning jarohati hayot uçun xavfli emas, deb hisoblanmoqda.

Agentlik ma'lumotiga köra, Hyuston şahridan janubi-ğarbda ham bir neça kuçsiz tornadolar qayd etilgan. Şuningdek, Ostin şahridan ğarbda kuçli yoğingarçilik kuzatildi.

Ob-havoni kuzatiş xizmati ştatning köplab okruglarida röy berişi mumkin bölgan tornadolar haqida ogohlantirdi. Maxsus xizmatlar ba'zi okruglarda elektr quvvatini tiklaş böyiça işlamoqda, Xalqaro Qizil Xoç taşkiloti esa jabrlanganlarga yordam taklif qildi.

Avvalroq AQŞ janubidagi Luiziana ştatidagi kuçli tornadolar oqibatida taxminan 30 kişi jarohat olgani xabar qilingandi.