Davlat bojxona qömitasi Toşkent aviatsiya transport prokuraturasi bilan hamkorlikda havo yöllari orqali tovarlarni olib ötayotgan taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun oçiq muloqot taşkil etdi. U «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksida bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Unda tegişli vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari,  tadbirkorlar, bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassislar, keng jamaotçilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok qildi.

Tadbirni oçar ekan, “Toşkent-Aero” IBK boşliğining birinçi örinbosari, bojxona xizmati polkovnigi Mirsolih Mirobidov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida” joriy yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, aholi bilan oçiq muloqotni yölga qöyişning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etiş, mansabdor şaxslarning aholi oldida hisobot berişi tizimini amalda tatbiq etiş, şu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bölgan işonçini mustahkamlaşga qaratilganini ta'kidladi.

Tadbirda Toşkent  aviatsiya  transport  prokurori Ikrom Narimov sözga çiqib, mazkur Dastur iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştirişga yönaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş va yuqori iqtisodiy ösiş sur'atlarini saqlab qoliş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rağbatlantiriş, investitsiyaviy muhitni yaxşilaş orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etişga xizmat qilişini urğuladi.

Oçiq muloqotda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2016 yil 5 oktabrdagi PF-4848-son Farmoni bilan tadbirkorlarga bojxona sohasida joriy qilinayotgan yangi qulayliklar va yengilliklar hamda bojxona organlariga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyati haqida atrofliça söz yuritildi.