Turkiya politsiyasi 12-13 iyun kunlari davomida Kurdiston işçilar partiyasiga aloqador 834 kişini qölga olgan.  Reuters agentligi hukumatdagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, ular qurolli isyon kötarişda gumon qilingan.

Politsiya bölinmalari mamlakatning 37 viloyatida qöqqisdan amaliyot ötkazgan. Hukumat kuçlari faollaşuviga kurdlar 15 fevral kuni ommaviy ravişda hukumatga qarşi qözğolon kötarişni rejalaştirgani töğrisida olingan ma'lumot sabab bölgan.

Reydlar davomida ikkita Kalaşnikov avtomati, 11ta töpponça, 15ta miltiq va köplab öq-dori musodara qilingan. Kurdlar taşkiloti ma'lum qildiki, politsiya amaliyoti konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendumdan oldin kurdlarni kuçsizlantirişga qaratilgan.

2017 yilning yanvarida Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Işik Tramp boşçiligidagi yangi ma'muriyat Suriya kurdlarini qöllab-quvvatlaşni töxtatişiga umid qilişini aytgangani xabar qilingandi.