15 fevral kuni Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning ön sakkizinçi majlisi bölib ötdi.

Tadbir doirasida tomonlar ma'lumotlar almaşdi va 2016 yil 25 mart kuni Moskva şahrida ötkazilgan Hukumatlararo komissiyaning ön yettinçi majlisi protokolidagi qarorlarning ijrosi muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbollari, huquqiy asosni yanada mustahkamlaş, şuningdek, transport, ilm-fan sohasi, atrof-muhitni muhofaza qiliş va boşqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv söngida ön sakkizinçi majlis yakuniga köra ikki mamlakat örtasida hujjatlar imzolandi.  

Jumladan, Toşkent şahridagi ixtisoslaştirilgan kardiologiya markazi va Sankt-Peterburg şahridagi Almazov nomli Şimoli-Ğarbiy federal tibbiyot tadqiqot markazi, Toşkent tibbiyot akademiyasi va Sankt-Peterburg Davlat  pediatriya tibbiyot universiteti, Özbekiston Respublikasining Tezkor tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Janelidze nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti örtasida ham özaro hamkorlik töğrisida bitim imzolangan.