Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Öş Davlat Akademik özbek drama teatri Farğona vodiysi böylab gastrollarini davom ettirmoqda. Bugun u Farğona şahridagi Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi muhtaşam teatr-konsert saroyida Qirğiziston xalq şoiri, dramaturg Jalil Sadikovning “Aykel Manas” spektaklini katta muvaffaqiyat bilan namoyiş etdi. Qirğizistonlik san'atkorlarning Farğona vodiysi viloyatlariga ijodiy safari bejiz emasdi. Bugun Farğona vodiysida 300 mingga yaqin qirğiz millatiga mansub aholi tölaqonli Özbekiston fuqarosi sifatida tinç va xotirjam yaşamoqda. Ularning diniy va milliy urf-odatlari, an'ana va qadriyatlarini rivojlantiriş, qöllab-quvvatlaş uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Qolaversa Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Prezidenti Almazbek Atambayev bilan bölgan Samarqanddagi uçraşuvida madaniyat, san'at, jamoat taşkilotlarining töğridan-töğri aloqalarini yanada mustahkamlaş muhimligini alohida ta'kidlagan edilar. Aslida bu döstlik poydevori ilgaridan qöyilgan. Bundan 22 yil avval Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov Bişkekda ötkazilgan “Manas” eposining 1000 yillik tantanalarida ikki xalq örtasidagi döstlik töğrisida şunday degan edi:
- “Biz, özbeklar, bugun “Manas” eposining töyida qatnaşar ekanmiz, bir narsadan çinakam iftixor qilişga haqqimiz bor. Qani aytinglar! Qirğiz xalqining uluğ öğloni Manasning suyukli umr yöldoşi, yelkadoşi, toğu tayançi kim bölgan? Uning maslakdoşi, dostonda aytilganidek, eng qiyin kunlarida, umrining oxirigaça sadoqatli safdoşi kim bölgan? Biz, özbeklar, katta ğurur bilan, faxr bilan aytamiz-ki, bu ayol Buxoro xonining suyukli qizi Xonikey bölgan. Şundan keyin, azizlarim, özbek va qirğizning qardoşligiga yana qanday dalil kerak? Yana qanday isbot kerak?”
- Yuz yillar oşa öz ota-bobolarining qutluğ merosini köz qoraçiğiday asrab-avaylab kelayotgan, qardoş-jondoş qirğiz döstlarimizning bu boradagi işlari, mana şunday tarixiy asarni bizning viloyatimizda namoyiş etib, xalqimizning çuqur hurmat va e'tiboriga sazovor bölgani barçamizni xursand qiladi, - deydi Yusufjonqiziq Şakarjonov nomli Farğona Davlat drama teatri aktyori Muhammadsoli Ahmedov. - Şuning uçun xam bu dostonni yaratgan va unga asrlar davomida sayqal berib kelgan qirğiz xalqining badiiy zakovatiga, noyob iste'dodli manasçi oqinlarga öz ehtiromimizni, hurmatimizni izhor etamiz.
- Teatrimiz nafaqat Qirğizistonda, balkim butun Markaziy Osiyodagi noyob san'at muassasasi hisoblanadi. Uning öziga xosligi şundaki, 100 yilga yaqin davr mobaynida öz an'analariga sodiq qoldi: qirğiz san'atini Özbekistonda va özbek san'atini Qirğizistonda tarğib qilib, qöşni, qardoş davlatlar örtasida döstlik köprigi vazifasini ado etib kelmoqda. Teatrning qirğiz va özbek xalqlari madaniyati tarixidagi alohida xizmatlari hana şundadir, - deydi teatr direktori Nabijon Mamajonov.
















