Amerikalik kongressmen Tomas Messi kongressga ta'lim vazirligini yopiş töğrisidagi taşabbusni körib çiqiş uçun taqdim etdi. Bu haqda RT xabar tarqatdi.

Qonun loyihasini yettita respublikaçi-kongressmen qöllab-quvvatladi. Ularning fikriça, AQŞdagi amalda bölgan ta'lim tizimi samarasiz ekani, byurokratiya va byudjyet mablağlarining haddan taşqari köp sarflanişini körsatib bergan.

Uşbu loyiha kongress va AQŞ prezidenti tomonidan ma'qullansa, vazirlik 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar yopiladi.

Avvalroq AQŞ ta'lim vaziri etib Betsi Devos tayinlangani haqida xabar qilingandi.