Amazon kompaniyasi jönatmalarni dron va paraşyut yordamida yetkazişga patent oldi. Taxmin qilinişiça, tovar buyurtmaçiga dron yordamida yetkaziladi va u yerga tuşişiga töğri kelmasligi uçun jönatma boşqariluvçi paraşyutda taşlanadi. Bu haqda Business Insider naşri xabar bermoqda.
Kompaniyaning patent arizasiga köra, jönatmani paraşyutda taşlaş tizimi dronlar mijoz yoniga tuşiş uçun vaqt va energiya zaxiralarini sarflamasligi uçun öylab topilgan.
Hujjatda aytilişiça, tovarni taşlaşda oddiy paraşyutlar yaramaydi. Şuning uçun tizim boşqariluvçi böladi. U buyurtmani ham tik, ham parabola böyiça tuşira oladi. Bunda paraşyut trayektoriyasi tuşişni barqarorlaştirib, turli tösiqlardan aylanib ötib yoki paketni qiyin boriluvçi yerlarga yönaltirib, zakrilka tizimini boşqaradigan radioçastotali modul bilan nazorat qilinadi.
2016 yil dekabrida kompaniya uçuvçi omborlar texnologiyasiga patent olişga ariza bergan. Kompaniyada dirijabllarda joylaştirilgan uçuvçi omborlarni uçiriş rejalaştirmoqda.
Bunday omborlardan jönatmalar oddiy dronlarda va tovarni buyurtmaçiga belgilangan trayektoriya böyiça tuşiruvçi planerlar yordamida yetkazilişi kerak.

.













