Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qirğizistonning Saylov va referendumlar ötkaziş böyiça markaziy komissiyasi raisi Nurjon Şayldabekova bilan uçraşuvda mamlakatning yangi rahbari saylovlarining haqqoniy ötkazilişini ta'minlaşni buyurdi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti axborot siyosati bölimi ma'lum qildi. 

Bölim ma'lumotlariga köra, markaziy saylov komissiyasi avvalgi saylovlar tahlilini hisobga olgan holda, barça yetişmovçiliklarni bartaraf etiş va saylov jarayonlarini taşkillaştiriş böyiça işlarni yaxşilaş böyiça barça çoralarni körmoqda. 

Atamboyev yangi prezident saylovlarining muhimligini ta'kidlab ötdi. Konstitutsion qonunga muvofiq, Qirğiziston prezidenti saylovlari 2017 yil 19 noyabrda ötkaziladi. 

"Saylovlarga qolgan 9 oy içida barça nuqsonlar va kamçiliklarni bartaraf etiş va mamlakatning yangi rahbarining oçiq va halol saylovlarini ta'minlaş lozim", deb aytgan Qirğiziston prezidenti.