Tailand şimolida sement taşuvçi yuk maşinasining mikroavtobus bilan töqnaşib ketişi oqibatida töqqiz kişi halok böldi, tört nafar inson jarohatlandi. Hodisada şuningdek pikap va yengil avtomobil ham iştirok etgan, deb xabar berdi "Kxom Çat Lik" gazetasi.
Halokat çorşanba kuni Bangkok şimolidagi Çiangray viloyatida yuz berdi. Tsement taşuvçi maşina haydovçisi uning yölini tösib çiqqan mototsikl bilan töqnaşuvdan qoçiş maqsadida rulni burib yubordi hamda transport vositasi yölning qarama-qarşi qismiga çiqib ketdi, deb xabar qiladi naşr.
Oqibatda sement taşuvçi transport vositasi içida sakkiz nafar yölovçi bölgan mikroavtobus bilan töqnaşib ketdi. Mikroavtobusdagi barça kişilar hamda sement olib ketayotgan yuk maşinasi haydovçisi voqea joyida halok böldi, deb xabar qildi gazeta. Mikroavtobus ketidan kelayotgan hamda töxtaşga ulgurmagan ikki avtomobilda bölgan tört nafar inson turli darajadagi jarohatlarini olib, yaqin oradagi kasalxonaga olib ketildi, deyiladi xabarda.












