Bolalar va yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi böyiça UNICEF öz bayonotini bildirdi.
"UNICEF Özbekiston Respublikasi Prezidenti Içki işlar vazirligi vakillari bilan uçraşuvida bolalar va yoşlar orasida jinoyatçilikning oldini oliş çora-tadbirlariga alohida e'tibor qaratganini yuksak baholaydi.
Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyaga a'zo davlat sifatida, Özbekiston reabilitatsiya va reintegratsiya jarayonlari voyaga yetmagan bolalarning manfaatlarini, albatta, e'tiborga olgan holda adliya tizimida tegişli islohotlarni olib boradi. Bola huquqlari böyiça Qömita jinoyatçilikning ijtimoiy ildizlarini izlaş zarurligini ta'kidlaydi. U davlat va jamoatçilikning turli darajalarida jinoyatçilikning oldini oliş böyiça har tomonlama jihatlarni öz içiga olgan dasturlarni taklif etadi.
Şunisi e'tiborga loyiqki, Prezident tegişli davlat idoralarini yoşlar sodir etgan jinoyatlarni tahlil qilişga, ularning sabablarini aniqlaşga va jinoyatçilikning oldini oliş böyiça çora-tadbirlarni kuçaytirişga da'vat etdi.
Bolalar turli sabablarga köra jinoyat sodir etişlari yoki huquqbuzarlikka qöl urişlari mumkin. Xalqaro tadqiqotlarning natijalari körsatişiça, bunday bolalar zöravonlik, haqorat, mensimaslik va ekpluatatsiya singari holatlar mavjud bölgan muammoli oila muhitidan böladilar. Şu bois himoyaga muhtoj bolalarning muammolarini hal etiş juda muhimdir.
Global amaliyot şuni tasdiqlaydiki, jinoyatçilikning oldini oliş dasturlari huquq-tartibot idoralari tomonidan emas, balki ijtimoiy himoya organlari tomonidan olib borilganida samaraliroq böladi. UNICEF tegişli vazirliklar va idoralarga bolalar uçun adliya tizimini mukammallaştirişda xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ravişda texnik yordam körsatişga tayyor ekanligini bayon etadi", deyiladi bayonotda.
«Muvaffaqiyatli ravişda voyaga yetmaganlar orasidagi jinoyatçilikning oldini oliş erta bolalikdan boşlab ösmirlarning har tomonlama barkamol bölişlarini ta'minlaşga qaratilgan sa'y-harakatlar butun jamiyat va davlat tizimi tomonidan qilinişini taqozo etadi,» - dedi Saşa Graumann, UNICEF’ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Yoşlar jamiyat hayotida faol rol öynaş uçun imkoniyatlarga ega bölişlari lozim, hamda ularga jamiyat rivojiga hissa qöşadigan şaxslar sifatida qaraş kerak,» - deb qöşimça qildi u.
















