Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Rossiya nefti yetkazib berilishi mexanizmi muhokama qilinadi
O‘zbekiston va Rossiya vakillari rossiyaliklar neftini O‘zbekistonga yetkazib berishning mexanizmlarini hayotga tatbiq etish variantlarini muhokama qilishadi.
Rossiya energetika vaziri o‘rinbosari Kirill Molodtsovning qayd etishicha, O‘zbekiston va Rossiya 2017 yilning martida respublikaga Rossiya neftini yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha takliflarini tayyorlaydi.
Uning aytishicha, tomonlar ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga imkon beruvchi qarorni qabul qiladi.
«Biz «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda O‘zbekistonga neft yetkazib berish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishimiz lozim. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish yo‘lini topamiz», — degan u Toshkentda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisidan keyin.
Molodtsov Sobiq Ittifoq davrida quvurlarning texnologik imkoniyati O‘zbekistonga yiliga 7-9 million tonna neft yetkazib berish quvvatida bo‘lganini keltirib o‘tgan.
«Hozirda quvurlar tizimining texnik holati haqida aniq fikr aytish qiyin, chunki chegaralarimiz umumiy emas. Bu masalani Qozog‘iston bilan hal qilish lozim. Shu yo‘nalishda ish olib boriladi», — degan u.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda O‘zbekistonga neftni temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi, shu tufayli boshqa samaraliroq variantlar ko‘rib chiqiladi.
Rossiya O‘zbekistonga neftni Omsk - Pavlodar - Chimkent – Zafarobod magistral neft quvuri orqali yetkazib berishi mumkin. Endilikda bu neft quvurining texnik holatini aniqlash kerak bo‘ladi.
Molodtsov bu masalani hal qilishda Qozog‘iston bilan kelishib olish kerakligini, bu borada ish boshlanganini qayd etib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
15:44 / 24.02.2026
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qila olmadi
19:05 / 20.08.2024