“Umra” sözi luğatda “ziyorat” ma'nosini bildiradi. Şariatda esa Baytullohni ziyorat qiliş va unda bajariladigan maxsus amallarga Umra deyiladi.

Alloh taolo Qur'oni karimda: “وأتموا الحج والعمرة لله” ya'ni “Haj va Umrani Alloh uçun mukammal ado eting”, - deydi.

Uşbu oyati karimaga binoan mömin-musulmonlar Haj va Umra ibodatini ado etadilar.

Tarixdan ma'lumki, Ibrohim alayhissalom öğli Ismoil alayhissalom bilan Ka'bani qurişadi. Baytullohning qurilişi bitgaç, Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga odamlarni Baytullohni haj qilişga çaqirişni buyuradi. U Zot çaqiradilar, çaqiriqqa “Labbay” deb javob berganlar, hajga keladilar. Ka'bani tavof etiş öşandan beri davom etib kelmoqda.

Ulu-l-'azm payğambarlardan (alayhimussalom) keyin bu ibodatga köplab bid'at-xurofotlar aralaşib ketdi. Payğambarimiz Muhammad alayhissalom davrlariga kelib, Ka'baning içida 360 ta but-sanamlar bölgan. U Zot sollallohu alayhi vasallam Payğambar qilib yuborilgaç, Ka'bani but-sanamlardan tozaladilar. Ma'lumki, Umra ibodati aynan şu muqaddas joylarda ado etiladi. Umra sunnat amallardan bölib, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam u haqda şunday deganlar:

“الحج مكتوب والعمرة تطوع” ya'ni “Haj farz qilingan, Umra esa nafldir”. Umra ibodati uçun ulkan savoblar, darajalar va'da qilingan. Hadisi şarifda: “العمرة إلى العمرة كفارة لما بينهما” ya'ni “Umra-umragaça bölgan xatolarga kafforatdir”. Barça mömin-musulmonlar ulkan savoblardan va gunohlardan poklanişdan umidvor bölgan hollarida bu ibodatni ado etişga intiladilar. Yaqin kunlarda bizning yurtimizdan ham mömin-musulmonlar Umra safariga yöl oladilar. Şu munosabat bilan Umra ibodati nimalardan iborat ekanligiga e'tibor qaratsak.

Ular quyidagilardan iborat:

1. Ehromga niyat bilan kiriş

2. Ka'bani tavof qiliş

3. Safo va Marva tepaliklari orasida sa'y qiliş

4. Soçni oldiriş yoki qisqartiriş

Musulmon kişi uçun Umra eng yaxşi makonda, eng yaxşi holda ado etiladigan eng şarafli ibodatlardandir. Unda iğvo, gunoh işlar va tortişuvlar yöqdir. Balki unda tahlil, takbir, duo, iltijo va Allohga itoat hamda qiyinçiliklarga böysuniş bor.