Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta xatosi. Yevropa ligasi uchrashuvida hakam haqqoniy golni hisoblamadi
Yevropa Ligasi 1/16 final doirasidagi «Legiya» – «Ayaks» uchrashuvi bosh hakami David Fernandes Borbalan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani ma'lum bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida «Ayaks» yarimhimoyachisi Devi Klassen «Legiya» darvozasini ishg‘ol qilgan. De Telegraaf nashrida chop etilgan fotoda bu yaqqol ko‘rinib turibdi. Ammo hakamlar, ayniqsa to‘p yaqinida turgan, UYeFA tomonidan yordamchi kuch sifatida foyda berishi kutilgan beshinchi hakam shu masofadan turib ham vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagan.

Oxir oqibatda «Legiya» – «Ayaks» o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmay qolgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirida shu kabi holat Ispaniya chempionati doirasidagi «Betis» – «Barselona» uchrashuvida ham kuzatilgan. O‘shanda uchrashuv bosh hakami «Barselona» futbolchisi Neymarning golini hisobga olmagandi.
Mavzuga oid
03:18 / 16.03.2022
YeChL. «Atletiko» «MYu»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Ayaks» ham musobaqani tark etdi
14:01 / 03.05.2021
Uikend yakunlari: Messi va Ronaldu jamoalarini qutqardi, «Siti»ning chempionligi kechiktirildi
21:01 / 13.02.2021
«Legiya» Jasur Yaxshiboyev transferini e'lon qildi
19:04 / 13.02.2020