Britaniyaning Exchange and Mart savdo maydonçasi saytida AQŞ prezidenti Donald Trampning limuzini sotilişi haqida e'lon paydo böldi. Bu 1988 yilda maxsus buyurtma böyiça işlab çiqarilgan Cadillac bölib, uning qiymati taxminan 58,5 ming yevroga baholanmoqda.
Limuzinning hozirgi egasi uni ön yil muqaddam xarid qilganini, u va AQŞ rahbariga qadar maşina yana uç insonning mulkida bölganini xabar qilgan. Tramp maşinani aynan qança muddat işlatganiga aniqlik kiritilmadi.
Ma'lum bölişiça, «Kadillak» Trampning körsatmalari asosida tayyorlangan. Avvaliga 50ta şunday limuzin çiqariş rejalaştirilgan, biroq yakunda atigi ikkita nusxa taqdim etilgan.

Limuzinda mini-bar va kassetali videomagnitofonga ega kiçik televizor bor, orqa qismdagi örindiqlar esa bir-biriga qarama-qarşi joylaşgan.
Beş litrli dvigatelga ega avtomobil şu paytga qadar 72,5 ming kilometr masofa yurgan.
Ma'lumot uçun, 2016 yilning kuzida 1997 yilda işlab çiqarilgan hamda Donald Trampga tegişli bölgan Lamborghini Diablo VT Roadster ham sotuvga qöyilgandi. Avtomobil 460 ming dollarga sotildi.
















