Ferrari kompaniyasi 812 Superfast nomli yangi superkarni taqdim etdi. 800 kuçli uşbu «granturizmo» F12berlinetta’ni almaştirişi rejalaştirilgan. Bu kam nusxada çiqarilgan gibridli LaFerrari’dan söng markaning eng kuçli seriyali modelidir.
Yangi maşina 6,5 litrli ön ikki tsilindli dvigatelga ega bölib, u F12berlinetta’ning yaxşilangan nusxasi - F12tdf’dan 20 ot kuçiga kuçliroq. Maksimal kuçga esa daqiqasiga 8500 aylaniş davomida yetiladi. Motor ikkita robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan juftlikda işlaydi.

Orqa uzatmali superkar “yuzga” 2,9 soniyada yetadi. Maksimal tezlik esa soatiga 340 kilometrni taşkil etadi. Ferrari 812 Superfast’ning dinamik jihatlari F12tdf bilan bir xilda. Şu bilan bir qatorda, yangilik 110 kilogrammga oğirroq bölib, 1525 kilogrammga teng.
Kupe töla boşqariluvçi şassi, faol aerodinamika, Side Slip Control tizimi va butunlay nur diodli faralarga ega. Bundan taşqari, maşina rul boşqaruvining elektr kuçaytirgiçiga ega bölgan birinçi Ferrari böladi.

Model Jyenevada mart oyida taşkillaştirladigan motorşouda keng ommaga taqdim etiladi.















