Yaponiya şarqidagi Kavadzu şahrida sakura daraxti gullay boşladi. U Yaponiyaning timsollaridan biri bölib, har yili bu jarayon uşbu kiçik şaharçaga butun dunyodan sayyohlarni jalb qiladi.

Sakura odatda mart oyining oxiri yoki aprel oyi boşlarida gullaydi, yaponiyalik iqlimşunoslar esa sakura daraxtining janubdan şimolga qadar gullab borişi böyiça har kunlik hisobotlarni taqdim etişadi. Biroq Kavadzuda ekilgan sakkiz ming daraxt butun davlatda birinçi bölib gullaydi.

TJ Instagram’ga kirib, gullagan puşti rang daraxtlar fotosuratlarini nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi vakillari ham e'lon qilib borayotganini kördi. Ularning tan olişiça, “bu holat odamning me'dasiga tegmaydi”.

An'analardan biriga köra, bu davrda yirik brendlar ham, kiçik korxonalar ham bu mavzuga bağişlangan taom va içimliklar işlab çiqara boşlaydilar.

Kavadzudagi 2017 yilning Instagram “yulduzi” deb puşti rang peçenelar tan olindi, ular gullagan daraxtlar tagida xaridorlarga taklif etildi.