Seul sudi Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasining rahbari Li Çje Yonni hibsga olişga order berdi. U mamlakatning vaqtinça vazifasidan çetlaştirilgan prezidenti Pak Kin Xe bilan boğliq korrupsiya mojarosiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qiladi Reuters agentligi.
Biroq, mahkama Samsung prezidenti San Jin Pakni hibsga oliş böyiça sörovni rad etgan. Qayd etilişiça, Çje Yon öz işi böyiça sud qarorini Seuldan 15 km uzoqlikdagi qamoqxonada kutadi. Tergov işlari 28 fevralgaça tugaşi kerak.
Avvalroq, öz vakolatlarini bajarişdan vaqtinça çetlatilgan prezident Pak Kin Xe va uning qohina dugonasi Çxve Sun Sil bilan boğliq korrupsiya mojarosi böyiça maxsus komissiya Samsung kompaniyasining vitse-prezidenti Li Çjye Yonni yana söroqqa çaqirişi haqida xabar berilgan edi.












