Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman)ning 2016 yildagi faoliyati töğrisidagi hisobotni eşitdilar. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili U.Muhammadiyev hisobot bilan sözga çiqdi. Ombudsman fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillaştiriş, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy taşkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan özi tomonidan qabul qilingan çora-tadbirlar töğrisida deputatlarga ma'lumot berdi.

Hisobotda ta'kidlanganidek, 2016 yil davlat, jamiyat va fuqarolarning özaro munosabatlari tizimini tubdan özgartirgan voqealarga töla böldi. Ular orasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga, markazda va joylarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarini oçişga doir qabul qilingan qarorlari alohida ahamiyatga egadir. Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaş, xususiy mulkni har tomonlama himoya qiliş va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hamda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlari ham muhim ahamiyatga ega böldi. Kiritilayotgan uşbu yangiliklar umumiy maqsad – davlat va jamiyatning jadal rivojlanişini ta'minlaş, fuqarolarning munosib va farovon hayoti uçun şaroitlar yaratiş, ularning şaxsiy, siyosiy, sotsial va iqtisodiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali amalga oşirişdan iborat.

“Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyili Ombudsman faoliyatining asosiga aylandi.

2016 yilda Ombudsman tomonidan Virtual qabulxona va “1096” raqamli töğridan-töğri aloqa telefoni oçildi.

Ombudsman 2016 yilda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni işlab çiqiş va muhokama qilişning barça bosqiçlarida faol iştirok etdi. Ombudsman nazorat-tahlil faoliyatining materiallaridan parlament eşituvlari jarayonida, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari vakillarining ma'ruzalarini muhokama qiliş çoğida keng foydalanildi.

“Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oşiriş doirasida Ombudsman tomonidan kam ta'minlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, ayollar, töliq bölmagan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlar qabul qilindi.