Afğonistonning Islomoboddagi elçixonasi vakillari Ravalpindi şahridagi (poytaxt şaharning yöldoşi) armiya qarorgohiga çaqirildi. U yerda ularga norozilik bildirildi. Bu Afğoniston hududidan Pokistonga qarşi terrorçilik hujumlarini taşkil etiş maqsadida foydalaniş tufayli röy berdi, deb xabar qildi Pokiston armiyasining matbuot xizmati rahbari general-mayor Asif Ğofur.

Bunday qarorga kelinişiga Pokistonning Sind viloyatidagi Saxvon şahrida joylaşgan masjidda sodir etilgan terakt sabab böldi. Uning oqibatida kamida 74 kişi halok böldi, 300 nafardan ortiq inson jarohatlandi.

Terakt röy bergaç, Pokiston armiyasi ştabi boşliği general Qamar Javod Bajva Islomobod mamlakatda kuzatilayotgan teraktlarga javob qaytariş niyatida ekanini ma'lum qildi. Pokiston tomoni sodir etilgan terakt taşkilotçilari Afğoniston hududidan harakat qilişganini xabar qilgan.

Afğon diplomatlariga, şuningdek, Islomobod tomonidan qidiruvda bölgan 78 nafar terrorçi röyxati taqdim etildi. Ular Afğonistonda yaşirinişmoqda hamda Pokiston Kobuldan ularni Islomobodga darhol berişni yoki bu şaxslarga nisbatan tegişli çoralar körişni talab qildi.

Pokiston hukumati Afğoniston bilan çegaradagi Torkxam nazorat-ötkaziş punktini xavfsizlik nuqtai nazaridan yopib qöydi.