O‘z ustida tinimsiz ishlab, yuqori daromad oluvchi professional sportchilar doim muxlislar ardog‘ida bo‘lgan. InsiderPro eng yuqori daromad oluvchi 20 sportchi ro‘yxatini taqdim etdi.

Maykl Jordan

O‘z karerasi davomida 1,7 milliard dollar ishladi

MBAning buyuk basketbolchisi 15 mavsum davomida 93 million dollar ishladi. Bu vaqt davomida u “Chikago Bullz” va “Vashington Uizards” jamoalari tarkibida o‘yinga tushdi. Hozir esa u birgina Nike brendining o‘zidan yiliga 100 million dollar ishlaydi. So‘nggi moliyaviy yil ichida Jordanning nomi kompaniyaga 2,8 milliard dollar olib keldi.

Tayger Vuds

O‘z karerasi davomida 1,65 milliard dollar ishladi

Shu oy, umurtqa pog‘onasidagi jarrohlik amaliyotidan bir yil o‘tib, Tayger Vuds maydonga qaytdi. Vuds — barcha davrlarning eng yetakchi va omadli golfchilaridan biri. Hozir uning daromadi eng yaxshi paytlardagiga nisbatan 50 foizga tushgan, biroq so‘nggi yilda, hattoki o‘yindan tashqarida “Meyjor” turnirlarining 14 karra g‘olibi 45 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan.

Arnold Palmer

O‘z karerasi davomida 1,35 milliard dollar ishladi

Gol­fchi Ar­nold Pal­mer sentabr oyida yurak sohasidagi  muammolar sabab hayotdan ko‘z yumdi. Umrining oxirgi yillarida u muxlislar armiyasi, hamkorlar hamda Osiyodagi brend kiyim va poyabzallar bilan savdo qiluvchi 500 ta do‘kon yordamida yiliga 40 million dollar ishladi. 

Jyek Niklaus