2015 yilning sentabrida Rossiya fuqaroligini olgan boks böyiça tört vazn toifasidagi sobiq jahon çempioni kiçik Roy Jons Butunjahon boks federatsiyasi (WBF) yönalişi böyiça jahon çempioniga aylandi. U 90,71 kilogramm vazn toifasigaça bölgan 12 raundli bahsda kanadalik Bobbi Ganni 8 raundda texnik nokautga uçratdi.

AQŞning Vilmington şahrida keçgan jangning 8 raundida Gann bellaşuvni davom ettirişdan boş tortdi. 48 yoşli Jons esa özining 65 ğalabasini qölga kiritdi, u şuningdek 9 jangda mağlub bölgan.

Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik Roy Jons jahonda tört vazn toifasi: 72,6 kilogrammgaça, 76,2 kg., 79,38 kg va super oğir vaznda çempionlikni qölga kiritgan birinçi boksçidir. U 1993-2004 yillarda barça vazn toiflaridagi eng yaxşi boksçi deb hisoblangan.

Jons Rossiya fuqaroligini olganidan söng ötkazgan ilk jangida britaniyalik Entso Makkarinelliga 4 raundda nokaut bilan mağlub bölgandi. Şundan söng u ikkita ğalabani qölga kiritdi - Vayron Fillips va Rodni Mur ustidan.

AQŞda qölqoplarsiz muşt bilan jang qiliş böyiça köproq maşhur bölgan 43 yoşli Gann şu paytga qadar 21 ğalaba (18tasi nokaut bilan), yettita mağlubiyat va bir durang natijaga erişgan.